Ayolning tunda qiladigan asosiy xatosi nima


Ayolning tunda qiladigan asosiy xatosi nima?Erni tunda xursand qilish bu ayolning vazifasi. Jinsiy aloqa sifatli va yoqimli bo'lishi uchun ayol ham, erkak ham birdek izlanish va harakatda bo'lishi lozim. Barcha mas'uliyat erkakda deb o'ylamang, aziz ayollar...Ayollar tunda qiladigan xatolarning aksariyati bilan tanishib o'tamiz:1. "Men 'qimirlamay' yotsam ham bo'ladi. Erim hammasini o'zi bajaradi" degan fikrda bo'lsangiz, adashasiz. Erkak jinsiy aloqa jarayonida ayolini hissiyotlarini ko'rishni, sezishni istaydi. Erkak "qimirlamay" yotgan ayoli o'ziga, qilayotgan harakatlariga va jinsiy aloqaga nisbatan befarq ekan deb o'ylaydi. Tinch yotib aloqani tugashini kutmay, o'z tuyg'ularingizni, xohish va ehtiyojlaringizni namoyon eting. Ayolini erkalayotgan erkak unga yoqimli ekanini sezishi lozim.2. Suhbatlashish uchun boshqa vaqt toping. Eringiz sizni aloqaga undab erkalashni boshlaganda suhbatlashish niyatingizni uzoqroqqa surib qo'ying. Farzandingiz bugun maktabda "5" baho olgani haqida aloqadan keyin ham suhbatlashsa bo'ladi. Erkalash va jinsiy aloqa davomida esa butun xayolingz va fikringiz aynan eringizda va uning harakatlarida bo'lsin. Bundan o'zingiz yutasiz.3. Birga bo'lishdan oldin pardoz qilmang. Ayolning go'zalligi uning tabiiyligidadir. Pomada, pudra, tush kabilar sizga to'shakda go'zallik qo'shib bermaydi. Ularni restoranga borishga ishlatish uchun olib qo'ying. To'shakda esa eringizga toza, xushboy va tabiiy bo'lib olsangiz yoqimliroq bo'ladi.4. Eringizni biling. Unga nima yoqadi-yu, nima yoqmasligini o'rganing. Sizning harakatlaringiz unga yoqimli va kerakli bo'lsin. Izlaning, aloqangiz davomida siz qiladigan erkalash har safar bir xil bo'lmasin. Bir xillik zeriktiradi.5. Eringiz bilan aloqangizni unga ta'na qilmang, bir narsani undirib olish uchun aloqaga kirishaman deb bozorga solmang. Jinsiy aloqa bu ne'mat, undan manfaat ko'zlamang.6. Uyatchanlik. Albatta ibo, sharm-hayo bu o'zbek ayollariga xos go'zallik. Lekin bir necha yildan beri birga yashab kelayotgan er-xotin orasida ortiqcha uyatchanlik erkakka yoqmaydi. Yillar o'tib erkak uchun ayoli ochiq va lazzatlanishga tayyor bo'lganini istaydi.7. Ichki kiyimingizga doim ahamiyat bering. Erkaklar ko'zi bilan suyadilar. Eski, qaralmagan, ko'rimsiz ichki kiyim hech qaysi erkakga yoqmaydi. Doim toza, chiroyli, yoqimtoy ichki kiyimlar kiyib yurishga o'rganing. 8. Siz ham tashabbuskor bo'ling. Har doim ham eringiz sizni aloqaga undayverishi, aloqa davomida harakatlarini o'zgartirishi, yangilarini tadbiq qilishi unga zerikarli bo'lib qoladi.  Sizdan ham tashabbus chiqsin. "Bugun mana shunday bo'lsin" yoki "men shunday qilib ko'ray" kabi takliflaringiz erkakni sizga nisbatan munosabatini yanada qizdiradi.9. Sizning aloqadan lazzatlanishingizga faqat eringiz mas'uliyatli deb o'ylasangiz adashasiz. Ayolni qondirish erkakni vazifasi, lekin ayol ham buning uchun ancha harakat qilishi kerak. Buning uchun siz o'z badaningizni, o'z xohish va ehtiyojlaringizni aniq bilishingiz va eringizga yetkaza olishingiz lozim.10. Eringiz qilayotgan ayrim takliflaridan bosh tortmang. Eringiz birga bo'layotganingizda sizdan bir nima talab qilsa, rad etishga shoshilmang, axir bundan siz ham manfaatdorsiz. Ikki sevuvchi qalb orasidagi jinsiy aloqaning asosiy maqsadi bir biriga lazzat ato etish. Eringizni xursand qilish imkoniyati bor ekan, yo'q demang. Er-xotin butun hayot davomida birga bo'lishni niyat qiladilar. Ular orasidagi jinsiy aloqa esa ana shu hayotning ajralmas qismidir. Uni birgalikda yaxshilash, sifatini oshirish, unga nisbatan faqat ijobiy munosabatda bo'lish, aloqadan har tomonlama baxramand bo'lish va lazzatlanish bu sizning va suyukli yoringizning vazifasi. Buning natijasi esa ahil munosabatlar...Axir sezmaganmisiz, ajoyib o'tkazilgan "tun"dan keyin yaxshi kayfiyatli, tabassumga boy tong keladi.
Nega ayol xiyonat qiladi?
left0Albatta bu maqola "Nega erkaklar xiyonat qiladilar" maqolasi kabi savol, javob va yechimdan iborat bo'la olmaydi. Chunki o'zbeklarda ayolni xiyonat qilishi bu kamroq uchraydigan va achinarli holatdir.  Shunga qaramay, afsuski, "mening oilamda bunday bo'lmaydi" deb hech qaysi erkak aniq ayta olmaydi. Bir ko'rishda farishtadek pok ayolni xiyonat qilgani fosh etilgan hollar yo'q emas. Demak, ayolni xiyonatga nima undaydi?Erkakdan farqli o'laroq ayol bir insonni sevsa, unga hech qanday holatda xiyonat qila olmaydi. Masalan, ayrim toifadagi erkaklar mast holatda bo'lsa, temperamenti yuqori darajada bo'lsa yoki boshqa bir necha sabablar tufayli xiyonat qilishi mumkin, lekin ayolda xiyonatga undovchi sabab umuman boshqacha bo'lar ekan.Ayol turmushga chiqib o'z eri yonida ayolligini his qilib yashashni boshlaydi. Eri uni sog'inadi, eri uni istaydi, erini u qondiradi, eri uni erkalaydi, kerak bo'lsa urshadi, faqat BEFARQ bo'lmaydi! O'zini sevilganini, erkakka kerakligini sezayotgan ayol ayollik baxtidan to'lib yashaydi. Lekin bir oilada yashab, bir yostiqqa bosh qo'yib eri uchun qadrsiz ekanini, yagona emasligini, sevilmasligini va yoqimsizligini sezgan ayol qalbi juda o'ksinadi. Albatta, shu deb u borib xiyonat qilmaydi. Lekin shunday ko'ngli o'ksigan ayolga boshqa bir erkakni nazari tushsa, hammasi o'sha begona erkakning harakatiga bog'liq bo'lib qoladi. Ya'ni agar u ayolni ko'nglini ola bilsa, u ayol jismonan bo'lmasada xayolan uniki bo'lishi oson bo'ladi. Keyinchalik jismoniy xiyonat bo'lishi ham mumkin. Uyda erning befarqligidan ayol qiynaladi. Er xotini bilan gaplshishni xush ko'rmay, xotinining tashqi ko'rinishini yoqtirmay, tunda uni istamay, kundalik hayotda ayolining ishlariga befarq bo'lib yurishi ayol uchun juda katta qiyinchilik, chunki aynan eriga kerakligi, yoqishi va sevilishi bilan u o'z ayolligini his etadi. Albatta, farzand ko'rish ham ayollik hisini beradi, lekin bu ko'proq ona fazilati, erkakka yoqimli bo'lish esa bu ayol fazilati. Yillab ana shunday hissiyotsiz erining befarqligiga chidab kelayotgan ayolda ikki yo'l bo'ladi. Birinchi yo'l: chidab, ahamiyat bermay yashash. Bu holat ko'pchilik o'zbek ayollariga xos. Lekin bunday er-xotin qarigan chog'ida juda janjalkash, bir-biriga alamli bo'lib qoladi. Ikkinchi yo'l: ayol jahldor, alamli bo'lib qoladi va alamini boshqalardan olib yuradi. Lekin hayotda uchinchi yo'l ham paydo bo'lib qolishi mumkin. Bunda bu ayol boshqa erkakka yoqib qolsa va u erkak ayol tomon harakat qilib, uni e'tibor va shirin so'z, moddiy va ma'naviy vositalar bilan jalb qilsa, u holda xiyonat yo'lining boshi ko'ringan bo'ladi.Albatta, er xotiniga har kuni, har daqiqa sevgisini, e'tiborini, istagini ko'rsatib o'tirish imkoniyati yo'q. Charchashi bor, ishdagi muammolari bor, farzand va boshqa holatlar. Lekin hayot davomida xotinini sog'inganini, uni istayotganini, sevishini bildirib unga mehrini ko'rsata olsa, xotini albatta buni sezadi, va hech qachon ichida ham uni befarqlikda ayblamaydi. Lekin haqiqiy befarqlikni, eriga yoqmasligini, eri uchun u dunyodagi eng yaqin inson emasligini hamma ayol seza oladi, bildirmasa ham yuragidan sezadi. Ayolni xiyonat qilishga undovchi ikkinchi sabab bu qasd. Erining xiyonatidan to'yib ketgan ayol bir kuni eridan alamini oladi. Boshqa erkak bilan bo'lish uchun emas, balki erini nafsoniyatini yerga urush uchun bunga qo'l uradi. Yana bir xiyonatga undovchi uchinchi sababga kelsak u oddiy. Tarbiyasi buzuq ayol xiyonat qiladi. Xulosa qiladigan bo'lsak, erkaklarni xiyonat qilishga sababi ko'p bo'lsa, ayollarning xiyonatida odatda yuqoridagi omillar aybdor. Shunday ekan, erkaklar xotiniga e'tiborliroq bo'lib, ularni "qo'lida ko'tarib" yursalar nafaqat ayoli balki o'zlari ham haqiqiy baxtiyor erkak bo'la oladilar. Axir qarigan chog'ida erkak uchun o'z umr yo'ldoshini baxtli eta olmaganidan ranjishdan ortiq armon yo'q. Hayotida bir dona ayolni baxtli eta olgan erkak o'zidan hech qachon ranjimaydi! Shu ayol xotiningiz bo'lsin. Onani farzand sifatida baxtli qilasiz, ayolni esa ERKAK sifatida.Xotini haqida er nima bilishi kerak?left0Er va xotin orasida tushunmovchiliklar juda ko'p bo'ladi. Ayol kishi erkakdan nafaqat jismonan, balki psixologik jihatdan farq qiladi. Shuning uchun uninag ayrim fazilatlari erkak uchun g'alati ko'rinishi mumkin. Ayolni shundayligicha seva bilish kerak. Buning uchun erkaklar o'z ayoli, ya'ni xotini to'g'risida quyidagilarni bilishi lozim.1. Ayol kishini Xudo erkakdan farqli qilib yaratgan. Uning organizmi butunlay boshqacha. Ayol kishi boshqacha fikr yuritadi, boshqacha o'ylaydi, boshqacha so'zlaydi. Ayollarda intuitsiya bo'ladi. Agar erkak bosiq bo'lsa, ayol o'z emotsiyalarini ichida saqlamaydi. Ayol kishi o'z yaqinlari haqida doim hamma narsa bilib yurishni istaydi. Ayolning ushbu xususiyatlariga erning jahli chiqishi noo'rin.2. Har bir ayol hurmat va e'tiborga zor. Er qanchalik ayoliga e'tiborli bo'lsa, o'zi shunchalik baxtiyor bo'la oladi. Xotinini hurmat qilish esa oilaviy totuvlikka olib keladi. Hech qachon ish, ko'cha va do'stlarni ayolingizdan ustun ko'rmang. Chunki erning eng katta boyligi bu uning baxtiyor turmush o'rtog'idir.Ishda qanchalik band bo'lishingizdan qat'iy nazar xotiningizga shirin so'z aytish uchun qo'ng'iroq qilishni unutmang. Xotiningiz qadriga yeting. Uni sevishingiz haqida unga aytib turing. Ayollar bunga muhtoj bo'ladilar. Faqat bayramda emas, balki boshqa kunlarda ham sovg'alar qiling. 3. Ayol uchun eng katta haqorat bu erining unga bee'tibor bo'lishidir. Ayol kishi doim eriga kerakligini, eriga yoqimli ekanligini his qilishi zarur. Xotiningiz bilan intim aloqada bo'lishni chetga surib qo'ymang. Ayolni intim hayotini go'zal qilish, uni quchoqlash, o'pish  yaxshi kayfiyat garovidir. 4. Ayol uchun uning uyi eng asosiy makonidir. Uyni go'zal va saramjon qilish uning vazifasi. Uyda xotin uchun moddiy sharoit yaratib berish - bu erning vazifasi.5. Ayolda muammo bo'lib, uni hal qilish erning qo'lida bo'lmasa, ayolga hamdard bo'lishni bilishi kerak. 6. Ayol erkalik qiladi. Ayrim hollarda injiqlik ham qilishi mumkin. Bunga jahliz chiqmasin, u shunisi bilan sizdan farq qiladi va go'zaldir.7. Ayol qiynalganda ko'z yosh to'kadi. Ayol yig'laganda er jahli chiqmasdan uni tushuna bilishi kerak.8. Ayol uchun moddiy boylikdan ko'ra sizning g'amxo'rligingiz afzal. Er doim dam olish kunlari o'z oilasini qiziqarli o'ynatishi lozim. Masalan, restoranga borib birga ovqatlanish, bolalar bilan parkga borish yoki uyda xotinini hursand qilib uy ishlarida yordam berish, mazali taom pishirib berish va hokazo."Men unga mashina olib berdim-kui, uning chehrasi esa ochilmadi", - deb erkaklar ba'zida ayollardan xafa bo'ladi.Erini sevadigan va hurmat qiladigan ayol uchun erining puli emas, balki mehri, e'tibori va sevgisi muhimdir. Bu tuyg'ularni turmush o'rtog'ingizga qiladigan e'tiboringiz, intim hayot, arzimagan sovg'alar, gul va shirin so'zlar orqali izhor etib yuring. Xotiningiz qanchalik baxtiyor bo'lsa sizning hayotingiz shunchalik go'zal, osoyishta va baxtli kechadi, uyingiz esa barakaga boy bo'ladi.
Nega erkaklar xiyonat qiladilar?(10 sabab va yechim)
Har bir ayol eri (suyukli yori) xiyonat qilishini istamaydi. Erkak xiyonat qilishiga nima sabab bo'larkan? Qanday qilib buni oldini olish mumkin?Albatta hamma erkak ham xiyonat qilmaydi. Xiyonat qilganlar esa xotinini sevmaydi degan gap ham emas. Erkakni xiyonat qilishiga nima turtki bo'ladi:1. Jismoniy holatiErkakning jinsiy aloqaga bo'lgan ehtiyoji uning organizmidagi testosteron gormoniga bog'liq. Bu garmon qanchalik ko'p ishlab chiqilsa, erkakning jinsiy aloqaga ehtiyoji shunchalik yuqori bo'ladi. Ana shunday yuqori ehtiyojli erkaklar o'z xotini bilan ehtiyojini qondirolmay, boshqa ayollar bilan aloqaga kirishadi. Xotin nima qilishi mumkin: bunday erkaklarni jismonan jinsiy aloqada ehtiyoji katta bo'lgani uchun, ayoli uni doim  qondirishga tayyor bo'lishi kerak. Erkakning ehtiyoji yuqori ekanligini qanday qilib bilsa bo'ladi? Ko'pincha bunday erkaklar turmush qurilganiga bir necha yil o'tganiga qaramay, jinsiy aloqani har kuni, yoki kunda bir necha bor istaydilar. Ular  ko'pincha past bo'ylik, badanida tuki ko'p bo'lgan bo'ladi. Bunday erkaklar vaqtida ehtiyojlarini qondirmasalar jismonan qiynaladilar. 2. O'zidan ranjishAgar ayol kishi erining qadrini bilmay, eriga minnatdor bo'lishni bilmay, doim muammolar haqida gapirib nolaversa, erkak siqilib, men ayol kishini baxtiyor eta olmas ekanman  deb o'zidan ranjiydi. Shu payt boshqa bir ayol uning harakatlarini, arzimagan ishlarini maqtab, u erkakni ruhan ko'tarib tursa, u erkak bilan unga qanchalik yaxshi ekanligini gapiraversa, erkak o'sha "U baxtli qila oladigan ayol" tomon o'girilib oladi.    Xotin nima qilishi mumkin: doim erining ishini maqtab, qilayotgan yaxshiliklariga minnatdor bo'lishi kerak. Erining ishxonasida muammolar bo'lganda uni to'g'ri eshita bilib, shu payt uy ro'zg'or muammolari bilan erini qiynamasligi kerak. Erini doim tabassum bilan kutib olishi, eri uni doim (jinsiy aloqa davomida ham) naqadar baxtiyor etayotganini bildira olishi kerak.3. Sifatli jinsiy aloqaJinsiy aloqa davomida erkak istagan narsalarni xotinidan so'ray olmasligi, yoki so'raganda rad javobi olishi uni xiyonat yo'liga boshlaydi. Erkaklar jinsiy aloqaga alohida ahamiyat beradilar. Ularning bu borada o'z istak va orzulari ham mavjud. Agar bu istak-orzularini o'z xotini amalga oshira olmasa, yoki hotini bundan bosh tortsa, ular boshqa ayol bilan istaklarini amalga oshirishga harakat qiladilar. Xotin nima qilishi mumkin: avallambor eri bilan jinsiy hayoti haqida gapira olishi kerak. Jinsiy aloqa davomida unga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlar haqida gapira olishi lozim. Erining istaklarini eshita olib, bu haqda gapirib, ularni sifatli amalga oshirishga harakat qilishi kerak. Erining bu boradagi talab yoki iltimoslarini rad etmasligi kerak. Lekin shu qatorda o'z talab va istaklarini bayon eta bilishi kerak. Er - xotin orasida bu boradagi anglashmovchilik  butun hayot davomida ular munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatib kelishiga olib boradi.  4.  Xotinining o'ziga qaramay qolganiKo'pincha ayolar turmushning boshida o'ziga qarab yurib, bola tug'ilgandan keyin eriga yoqimli bo'lish kerak ekanligi haqida unutib yuboradilar. Bola bilan ovora bo'lib o'z ko'rinishi, muomalasi, yurish-turushi haqida o'ylamay qo'yadilar. Bunday holat erkakni biroz sovushiga, yoki xotiniga faqat farzandlari onasi sifatida qaray boshlashiga olib keladi.  Xotin er uchun avallambor ayol bo'lishi kerak. Xotin nima qilishi mumkin: eringizga yoqimli bo'lishingiz kerakligi haqida unutmang. Bu degani uyda bo'yanib, yasanib yurish degani emas. Lekin yirtiq kiyim, kir sochlar, badanning toza emasligi hech bir erkak uchun yoqimli bo'la olmasligi haqida unutmang. 5. Eriga nisbatan ishonchsizlikAyrim xotinlar erini kunda yurish - turushini tekshirib o'tiradilar. Ishxonaga telefon qilib haqiqatan ishda ekanligini bilib oladilar, uyga kech kelsa tergov qiladilar, aytayotgan so'zlarida doim xiyonat belgilarini qidirib yuradilar. Bu tergovlar erkakni jahlini chiqarib, xayolida xiyonat fikri umuman bo'lmagan paytda ham xiyonat qilishga undaydi. Erkak haq ekanligiga amin bo'lib, unga bo'lgan ishonchsizlikdan ranjib, agar baribir menga ishonmasa, yomon bo'la qolay degan fikr bilan, xiyonat qilishi hech gap emas.Xotin nima qilishi mumkin: eringizga ishoning. Agar kech kelib sizga sababini tushuntirsa, uni ming hil savollar bilan tergamay, ishonishga harakat qiling. Eringiz ishda yoki do'stlari bilan bo'lganda  qo'ng'iroq qilib, so'roq qilavermang. Yomon xayollaringizni yo'q qilishga harakat qiling.  6. Ayolning sovuqqonligiAyrim ayollar eriga nisbatan jinsiy aloqada sovuqqon bo'ladilar, jinsiy aloqani burch sifatida qabul qiladilar. Eri so'raganini berib, o'zlari tashabbusli bo'lmaydilar. Erkak uchun esa bu juda muhim. Erkak ham ayoli uchun yoqimli ekanlgini, ayoli ham u bilan birga bo'lishni istayotganini bilishni xohlaydi. Xotinining sovuqonligi, boshqa ayolning esa unga nisbatan kuchli qiziqishi uni xiyonat yo'liga boshlaydi. Xotin nima qilishi mumkin: ba'zida jinsiy aloqaga hotinning o'zi ham tashabbuskor bo'lishi kerak. Lekin ba'zida... chunki ayolning nozi bor bo'lishi va unga doim erkak erishishi kerakligini unutmaslik kerak. Jinsiy aloqaga er tashabbuskor bo'lsa ham, ayol bunga burch sifatida qaramasdan  qiziqish va xohish bilan yondashishi lozim.7. Bo'sh erkakXotin uyda boshliq bo'lib olib, eriga nisbatan ko'p pul topib, buni ta'na qilsa, uyda bolalari oldida erining hurmatini joyiga qo'ymasa, erkak boshqa, uni hurmat qiladigan, ayolga zor bo'ladi. Erkak oilada bo'sh ekanligidan ranjib, boshqa ayolni, ya'ni erkakni kuchli va hurmatli qilib ko'rsatadigan ayolni izlaydi. U ayol bilan o'zini zo'r deb his etadi. Xotin nima qilishi mumkin: erining hurmatini, ayniqsa bolalari oldida joyiga qo'yishi kerak, eridan ko'ra ko'p pul topsa, uni ta'na qilmasligi va eriga minatdor bo'la olishi kerak, undan tashqari jinsiy aloqada ham erini kamsitmasligi lozim.8. QasosAyol xiyonat qilsa erkak qasos uchun xiyonat qiladi.Xotin nima qilishi mumkin: xiyonat qilmang.9. Erkak krizis davri.Qirq yoshdan o'tgach erkaklarda krizis davri boshlanadi. Bunda ular biroz kuch yo'qotganligini his etib, siqilishni boshlaydilar. Shunda ayrimlari ishga beriblib ketsalar, ayrimlari boshqa yoshroq ayolni izlab, ular bilan "yosharish" istagida bo'ladilar. Xotin nima qilishi mumkin: agar er krizisdan bunday yo'l bilan qutulishni tanlagan bo'lsa, u holda kutish kerak, yaxshi, suyukli yor bo'lib qolish kerak. Krizis o'tadi, er esa qilgan xatosini o'zi anglab yetadi. Agar o'sha davrda janjal qilib erini to'g'ri yo'lga boshlamoqchi bo'lsa, eridan ajralib qolishi mumkin.10. Qattiq ruhiy siqilishErkak ishda qandaydir katta muammoga duch kelib, psixologik depressiyaga tushib qolsa, yonida unga dalda bo'luvchi inson kerak. Xotini bunday inson bo'la olmasa, chetda boshqa ayol bo'la olishi mumkin.Xotin nima qilishi mumkin: er uchun dalda bo'la olish kerak, "yiqilganda" qo'l uzata olishi, siqilganda malham bo'la olishi, ruhini ko'tara olishi kerak. 
Jinsiy aloqa jarayonida ayollarda og'riq
Jinsiy aloqa davomida ayollarning jinsiy a'zolarida kuzatiladigan og'riq dispaunareya deb ataladi. Og'riq oldidagi qo'rquv ayollarni jinsiy aloqadan bosh tortishga olib keladi. Bu esa oilada kelishmovchilik, siqilish va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ko'pchilik ayollarda aloqa davomidagi og'riq bir qator kasalliklar natijasi ekanligidan dalolat beradi.Jinsiy aloqa davomida ayollarga og'riq keltiradigan kasalliklar:1. Agar og'riq aynan kirish yo'llarida bo'lsa:- ayol jinsiy a'zolarining kirish yo'llarida yallig'lanish;- ayolda jinsiy aloqani yengillashtiruvchi maxsus suyuqlik chiqish darajasi pasayishi; - kirish yo'llarining devorlarini ingichkalashib ketgani (yoshi katta ayollarda);- siydik chiqish yo'llarida yallig'lanish.2. Chuqur toz bo'limidagi og'riq:- endometrioz;- tuxumdon kistasi; - tuxumdon yorilishi (apopleksiya);- bachadon yo'llari kasalliklari;- bachadon miomasi;- kichik toz tomirlarining kengaygani;- ginekologik operasiyalardan so'ng tozdagi spaykalar. Lekin bu sabablardan tashqari
psixologik holat ham jinsiy aloqa davomida og'riq bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha ayollarda jinsiy aloqaga nisbatan yomon munosabati bo'lsa (yomon tajribadan kelib chiqib), aloqa jarayonida ayol organizmidagi muskullarning siqilishi namoyon bo'ladi, natijada kichik tozda qon aylanishi sekinlashadi va kirish yo'llari mushaklari siqilib, erkak xipchini o'tish davomida og'riq keltiradi.  Nima qilish kerak?1. Birinchidan, ginekologga uchrang, agar sizning jinsiy organlaringizda kasaliklar mavjud bo'lsa, birinchi navbatta ularni yo'q qilish lozim.2. O'z intim hayotingizga ahamiyat bering :Suyukli inson bilan jinsiy aloqa bu sizning ham xohishingiz. Unga ijobiy yondashib, undan faqat foyda olayotganligingizni unutmang;
Jinsiy aloqa ayol uchun nafaqat lazzat yoki ona bo'lish uchun kerak, balki ginekologik sog'liqni yaxshi ushlab turish uchun ham zarur;
Jinsiy aloqadan nafaqat erkak, ayol ham lazzat olishi shartligini unutmang.
Doctor-D maslahatlari
O'zbekiston va dunyo miqiyosida tan olingan mashhur seksopatolog, urolog, androlog, oliy toifali shifokor Dilmurod Irgashev - Doctor-D www.UZBABY.com saytimiz muhlislari uchun o'z maslahatlarini berdilar. Dilmurod Irgashev Evropa urolog va androglolar assotsiatsiyasi, Nyu-York akademiyasi va RARCH a'zosi hisoblanadi. Dunyoning yetakchi mamlakatllarida malaka oshirish bilan bir qatorda ko'plab adabiyot, ilmiy maqola va patentlarga ega bo'lgan 25 yillik staj egasi Doctor-D sizning savollarga javob beradilar.
1.      ECO (ekstra korporal urug’lantirish) nima degani? - ЭКО- бу русча аббревиатура бўлиб Экстра Корпоральное Оплодотворение яъний танадан ташкарида уруғлантириш маъносини беради. Инглиз адабиётида эса ЭКО аббревиатура ишлатилмайди ва балки IVF ишлатилади.  IVF – In Vitro Fertilisation яъний шиша ичида уруғланиш маъносини беради.2.      ECO orqali homilador bo’lish imkoniyati qancha? - ЭКО ёрдамида хомила бўлиш имконияти хар бир уринишга ўртача 30-35% ташкил қилади.3.      ECO orqali homila jinsini aniq rejalashtirish imkoniyati bormi? - ЭКО ёрдамида хомила жинсини аниқ режалаштириш имкони бор, яъний эмбрион жинсини аниқлаб керакли бўлган жинсли эмбрион айёл бачадонига трансфер (олиб қўйилиши) қилиниши мумкин. Бўлажак болани эмбрион хосил бўлмасдан жинсини аниқлаш имкони йўқ. Фақат эмбрион жинси PGD –имплантация олди генетик диагностикаси орқали амалга оширилади ва жинси аниқ бўлгандан кейин онага қўйилади ёки қўйилмайди. Бўлажак бола жинсини аниқлаш баъзи ирсий касалликларни келажак авлодга ўтмаслиги учун ишлатилади (баъзи ирсий касалликлар жинс билан боғлиқ бўлган хромосомалар орқали келажак авлодга ўтади).4.      ECO yo’li bilan homilador bo’lish mumkin bo’lmagan holatlar bormi? - Хозирги тиббиёт тараққиёти жуда кўп бепуштлик холларида хомилага эришиш имконини беради, яъний ёрдам берувчи репродуктив технологиялар хусусан ЭКО ёрдамида. Илгариги вақтларда баъзи бепуштлик холларида хомилага эришиш имкони мутлақо бўлмаган бўлса, хозирги даврда деярли барча холларда (хам эркак хам айёл бепуштликларида) хомилага эришиш имкони бор. Хомиладор бўлиш мумкин бўлмаган холатлар бу оғир соматик касалликлар (оғир юрак қон томир, саратон, психик ва бошқа касалликлар) бўлиб, ушбу холатларда табиийки ЭКО  амалиёти бажарилмайди.5.      IKSI nima degani? - ИКСИ бу инглизча ICSI аббревиатура бўлиб – Intra Cytoplasmic Sperm Injection яъний айёл киши тухум хужайра цитоплазмаси ичига сперматозоидни киргазиш (инъекцияси) маъносини беради. Бунда сперматозоид тухум хужайра ичига махсус микроскоп ёрдамида жуда нозик шиша игна билан хужайра ичига киргизилади. Бу амалиёт асосан эркак киши бепуштлигида ёки уруғланиш жараёни содир бўлмаган холларда амалга оширилади ва ЭКО амалиётини бир тармоғидир.6.      IKSI orqali homilador bo’lish mumkin bo’lmagan holatlar bormi? - ИКСИ амалиёти асосан эркак бепуштлигида ёки олдинги ЭКО амалиётларида тухум хужайра уруғланмаган бўлса бажариладиган муолажадир ва ИКСИ да хам 100% хомилага эришиш имкони йўқ. ИКСИ амалиётини бажаришга қарши кўрсатмалар йўқ.7.      Erkakning jinsiy ojizligi (impotensiya) sabablari nima? – 1) Органик сабаблар: Организмдаги турли касалликлар. 2) Ноорганик сабаблар: функционал бузилишлар ва руҳий ҳолат.8.      Ikkilamchi  bepushtlik nima? – Аввал фарзандли бўлиб, кейин хомила кўрмай қолган жуфтликлардаги ҳолат.9.      Jinsiy aloqada ayol qoniqishi shartmi? Nega? – Албатта қониқиши шарт!10.  Homiladorlikdan saqlanish vositasi sifatida erkak kishi urug’i (spermatozoid)ni ayolga emas balki tashqariga chiqarishini salomatlikka zarari yo’qmi? – Бу тўхтатилган жинсий алоқа дейилади. Бу ҳолатда уруғ суюқлиги тўлиқ ажралмаслиги сабабли иккиламчи, жинсий безларда турғунлик холати пайдо бўлади. Турғунлик эса шу безларни яллиғланишига олиб келиши мумкин.11.  Erkak bepushtligining diagnostikasi nimadan iborat? – 1) Анамнез. 2) Ташқи кўрик. 3) Уруғ таҳлили БВТ-2010 йил протоколи бўйича. 4) Инструментал текширувлар.12.  Erkak va ayol temperamenti (jinsiy aloqaga ehtiyoji) nimaga bog’liq? – Қондаги жинсий гормонлар миқдорига.13.  Jinsiy kasalliklar genetik bo’lishi mumkinmi? – Бўлиши мумкин.14.  Er va hotin 1 haftada necha marta jinsiy aloqada bo’ladilar (o’rtacha ko’rsatkich)? – Биз кун ора алоқа қилишни тавсия қиламиз.15.  Jinsiy aloqa sifatini oshirish yo’llari nimadan iborat? – Бу ҳар кимнинг ўзига ва фантазиясига боғлик.16.  Homiladorlik davrida jinsiy aloqani zarari yo’qmi? – Биринчи триместрида эҳтиёткорлик бўлиш керак, қолган пайт ҳам эҳтиёткорлик тавсия этилади, фойдали томонлари кўп.17.  O’zbekistonda spermabank bormi? – Йўқ.18.  O’zbekistonda ECO(yoki IKSI) muolajasi o’rtacha necha pul turadi? – ЎзРесп Қонунларида кўзда тутилмаган.19.  Oldindan homilani jinsini aniqlash yo’li bormi? – Олдиндан хомилани жинсини Ультратовуш ёрдамида аниқласа бўлади. Бу текширишни хомила жинсий аъзолари шакллангандан кейин яъни 11-12 хафтадан кейин аниқласа бўлади. Ёки смерматозоидни уруғлантирмасдан олдин аниқлаш йўли ҳам бор, PGD – имплантациядан аввалги диагностика.20.  Jinsiy aloqaning sifati va soni erkak va ayolning yoshiga bog’liqmi? – Албатта боғлиқ. Ёши ўтиши билан Эркак ва аёлда гормонал ўзгаришлар бошланиб, бу физиологик қарашга олиб келади. Бу ҳолат сифат ва сонини пасайишига олиб келади.21.  Erkak va ayolning jinsiy aloqaga sovuqqonligi nimaga bog’liq? – Биринчи навбатда эркак ва аёлнинг ўртасида севги-муҳаббат бор йўқлигида, сўнг сексологик, эндокрин, урологик ва гинекологик касалликларини бор йўқлигига боғлиқ.22.  Erektil disfunksiya nima va uning davolsh yo’llari – Эректил дисфукция – олатни жинсий алоқа қилиш даражасига тўлишмаслиги. Хилма-хил даволаш йўллари мавжуд. Охирги вақтда медикаментоз (дори-дармонлар билан) тури қўлланилади.23.  MAR test nima? - MAR-тест (антиглобулинларни аралаштириш реакцияси)- антиспермал     антитаначалар билан қопланган сперматозоидларни фоиз даражасини аниқлаш усули. Бу усул билан иммунологик бепуштлик аниқланади. Антитаначалар билан қопланган харакатчан сперматозоидлар сони 50% дан кам бўлса бу норма деб бахоланади. Агар антитаначалар билан қопланган харакатчан сперматозоидлар сони 50% юқори бўлса иммунологик бепуштлик мавжудлигидан далолат бўлади.24.  Spermogramma nima degani? – Инсон ёки хайвон уруғ суюқлигининг лаборатор тахлили.25.  Oilada jinsiy aloqa sifati va soni nimaga bog’liq, uni oshirish yo’llari nimadan iborat? – Аввало сифат нима учун пасайганлиги аниқланади, ундан сўнг ошириш йўллари амалга оширилади.26.  Erkakning jinsiy salomatligi nimaga bog’liq? – 1) Умумий саломатлигига. 2) Психологик саломатлигига.27.  Erkak kishida klimaks bo’ladimi? – 35 ёшдан кейин эркакларда тестестерон гормони йилига 1% га камайиб боради. Бу ҳолат эркаклар гиногокадизми дейилади.  28.  Doctor-D shifoxonasida bepushtlikni diagnostika usullari qanday, ECO va IKSI qilinadimi? – Клиникамизда бутун Дуне соғлиқни сақлаш ташкилотининг 2010 йилдаги бепуштликни диагностика қилиш алгоритмлари ва протоколлари бўйича ташҳис қўйилади. Эко ва ИКСИ бизда қилинмайди, қўшни давлатлардаги ҳамкорларимизни тавсия қилишимиз мумкин.29.  Doctor-D shifoxonasida seksapotolog konsultatsiyasi bormi? Клиникамизда Олий тоифали шифокор, сексопатолог Иргашев Дилмурод Соатович консультация олиб борадилар.30.  Doctor-D shifoxonasida erkak va ayolning jinsiy kasalliklarini davolash tizimi qanday? – Ташҳис қўйилганидан сўнг БССТ стандартлари бўйича даволаймиз.
Azizlar, agar maqolada xato uchragan bo'lsa, sizlardan uzr so'ragan holda bizga bu haqda maqola nomini ko'rsatib bu yerga xabar berishingizni iltimos qilamiz.
Erni baxtiyor qilishning 15 usuli
Baxtli turmush garovi  baxtli erdir. Keling erni baxtli qilish yo'llarini ko'rib chiqamiz.
Eringizni doim xursand bo'lib kutib oling.Ko'pincha ish, xizmat safari yoki o'qish bilan bog'liq safar deb erkaklar oiladan uzoqqa ketishga majbur bo'ladilar. Uyga qaytib kelishi daqiqalarini baxtiyor va yoqimli qilish uchun eringiz kelganida uni tabassum bilan, mehringizni berkitmay, chiroyli bo'lib kutib oling. Gapni faqat yaxshi yangiliklardan boshlang. Eringiz siz uni qanchalik kutib sog'ingan ekanligingizni his etsin.2. Eringiz bilan suhbatlashayotganda muloyim bo'lib shirin gapiring.Bunday muomalani faqat er bilan qilish mumkin, boshqa erkaklar bilan man etiladi.3. Doim go'zal bo'lib yuring.Albatta xar bir ayol o'zicha go'zal bo'ladi, lekin go'zallik bu nafaqat tabiiy ko'rinishdir, balki ayolning o'ziga qarab yurishi, ko'ylaklarining tozaligi, nafis hid taralib turishi, tirnoq va sochlarining tartibdaligi, eriga yoqadigan xulq-atvorda bo'lishidir.4. Jinsiy aloqada eringizga qarshilik ko'rsatmang.Jinsiy aloqa qilishdan oldin toza bo'ling, eringizga yoqimli bo'lib oling.5. Eringiz moliyaviy ahvolidan nolimang.Olloh berganiga shukur qilib yuring. Eringiz ishlarida qiyinchiliklar bo'layotgan davrda unga har tomonlama dalda bo'ling.6. Boylikka o'ch bo'lmang.Eringiz ruxsatisiz uydagi pullarni ishlatmang, eringizga yoqmagan narsalarga pulni ishlatmang. 7. Eringiz qilayotgan mehnatini qadrlang va unga minnatdor bo'lishni biling.Agar eringizga doim minnatdor bo'lsangiz  sizni yanada sevib, yanada ko'proq xursand qilishni istaydi. Minnatdorchilik RAHMAT so'zida emas, balki sizning xar bir harakatingizda namoyon bo'lmog'i lozim.8. "Xo'p" deyishni biling.Eringiz aytganini qiling. Doim esingizda bo'lsin: ER-oila boshi, XOTIN esa yordamchi va maslahatchi.9. Eringiz kayfiyati yomon bo'lsa uni tinchlantirib, yordam bering.Eringiz jahlini chiqaradigan narsalarni qilmang, agar jahlini chiqargan bo'lsangiz va aybdor bo'lsangiz kechirim so'rang.Jahli chiqqan payti ko'p savol beravermang, nega jahli chiqqani yoki kayfiyati yaxshi emasligi haqida aytishini talab qilavermang. Agar oilangizga tegishli bo'lmagan mavzuda eringiz gapirishni istamasa sabr qiling, jahl o'tib hammasi joyiga tushadi.10. Eringizga sodiq bo'ling.Ayniqsa eringiz ishida muammo bo'lsa, yo kasal bo'lib yotsa unga sodiq qoling.11. Eringiz uyda bo'lmaganida uyni, bolalarni va o'zingizni asrang.Oila sirlarini saqlay biling, eringiz boshqalar bilishini xohlamaydigan narsalar haqida gapirmang, eringiz xohlamaydigan insonlar bilan aloqa qilmang.12. Uy va bolalarga qarang.Eringiz puli va boyligini ayang, eringiz oila a'zolarini hurmat qiling.13. Sabrli bo'ling.Oilangiz kechayotgan qiyinchiliklar davrida sabrli bo'lishni biling.14. Eringizni va uning do'stlarini hurmat qiling.Eringiz mehmonini hurmatini joyiga qo'yib kutib oling, eringiz qarindoshi, do'stlari bilan muammo chiqarmang.15. Uyingizni chiroyli va saramjon qilib qo'ying.Uyingiz toza, yoqimli, shinam bo'lishi kerak. Uy ko'rinishini o'zgartirib turing (mebel joylashishi, parda va gilamlarni o'zgartirib, almashtirib turing). Mazali taomlar pishiring.
Tug'ishdan so'ng erkak va ayolning munosabatlari: jinsiy aloqa
Ko'pchilik erkaklarga ayollarda homiladorlik va emizish bilan bogliq badanidagi o'zgarishlar yoqadi. Ular emizish jarayonini kuzatadilar, ayrimlarida esa farzandining onasiga bundan mehri ham ortishi namoyon bo'ladi. Ayollarda esa tuqqandan keyin eriga nisbatan talpinish (jinsiy aloqaga ehtiyoj) pasayib ketadi. Bu munosabat, aslida kuni bilan bola bilan ovora bo'lgan onaning charchaganidan kelib chiqadi. Jinsiy aloqa haqida o'ylash u yoqda tursin, "tezroq bolam uxlasa-yu, men ham to'yib uxlab olsam" degan fikr ustun bo'lib qoladi. Agar er uy yumushlarini bir qismini o'ziga olib, bolani parvarish etishda xotiniga yordamini ayamasa, bundan o'zi ham yutgan bo'ladi. Ayollar esa biroz bo'lsada eriga ahamiyat berishga, o'zida, uyda romantik holatni yaratishga harakat qilmog'i lozim. Albatta yotog'ingizni hamma burchagida kir pelyonkalar va pamperslar yoyilib yotsa jinsiy aloqa uchun yetarlicha sharoit bo'lmaydi. Yana bir narsani unutmaslik kerak-ki, ayollarda emizish davrida jinsiy organlaridan jinsiy aloqani yumshatuvchi maxsus suyuqlik chiqishi sustlashadi. Bu esa erkaklardan yanada katta sabr va mehrni talab etadi. Agar erkakning barcha harakatlari ham ayolda lazzatlanish imkoniyatini yaratuvchi suyuqlik ajralishiga olib kelmasa, u holda sotuvda mavjud bo'lgan maxsus LYUBRIKANTlardan foydalanish mumkin. Tug'ishdan keyin ko'krak holatiTuqqandan keyin ko'krak gormonal o'zgarishlar tufayli ancha o'zgarishlarga duch keladi. Uning jismoniy holati ham o'zgarib kattaroq bo'lib qoladi. Emizish davrida bemalol jinsiy aloqaga kirishish mumkin. Iloji boricha jinsiy aloqani emizishdan keyin yoki sutni soqqandan keyin amalga oshirmoq lozim. Shunda ko'krakda sut miqdori kam bo'lib, aloqa jarayonida to'kilishi kuzatilmaydi. Shuni unutmang, sizning ayollik go'zalligingiz ayni ona bo'lganingizda ochiladi.Tug'ishdan keyin homiladorlikdan saqlanishEringizni sevib, sevilayotgan paytingizda unutmang: emizikli ayol bo'lishingizga qaramay, homilador bo'lib qolish xavfi doim mavjud. Agar barvaqt homilador bo'lishni istamasangiz, u holda quyidagi qoidalarga amal qiling:
Emizishni kuniga kamida 7-8 marta amalga oshiring. Ayniqsa kechasi, uxlash paytidagi emizishlarni yo'q qilmang;
Agar tuqqandan keyin oy ko'rgan bo'lsangiz, u holda homilador bo'lish havfi ortadi;
Bu ikki qonun tuqqandan keyin 6 oy ichida o'z saqlash qobiliyatini namoyon qilishi mumkin. Olti oydan so'ng bu xususiyat yo'qolib, emizishga va oy ko'rmasligingizga qaramay homilador bo'lib qolishingiz oson bo'ladi.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda, emizikli ayollarda homilador bo'lish xavfi past bo'ladi, lekin amalda baribir homilador  bo'lib qolganlar kam emas. Shuning uchun, agar barvaqt homilador bo'lishni istamasangiz, qo'shimcha saqlanish usullaridan foydalaning.Emizuvchi ayollar uchun saqlanish usullariAgar oldin saqlanishning kalendar usulidan (ovulyatsiya kunlarini aniqlab u kunlardan boshqa payt jinsiy aloqaga kirishish) foydalangan bo'lsangiz, bu usul tuqqandan keyin mutloq mos kelmaydi. Chunki tuqqandan so'ng oy kuni qachon kelishini, uning uzunligini va davomiyligini aniqlash uchun bir necha oy talab etiladi. Birinchi o'rinda saqlanish usuliga prezervativlar kiradi. Bu eng oddiy va eng xavfsiz saqlanish usuli hisoblanadi.Vrach bilan maslahatlashgan holda saqlanish dorilarini ham iste'mol qilish mumkin. Lekin ko'p hollarda, bu dorilar ta'sirida sut kamayib ketishi kuzatiladi. Saqlanish usullaridan yana biri - bu spiral. Uni tuqqandan so'ng 8 haftada bachadonga o'rnatiladi. Yangi bir saqlanish usuli bu implantlar. Implantni teri ostiga joylab (ukol yordamida) 3 oyga homiladorlikdan saqlanish ta'minlanadi. Svecha, plastir, maxsus qopqoqlar ham mavjud bo'lib, ular bir oz qimmatligi bilan noqulaylik tug'diradi
Otaning vazifalari
left0Ona bo'lish oson emas, lekin ota bo'lish ham katta mas'uliyatli ishdir. Ayol ona bo'lgach, jismonan o'zgaradi. Erkak esa ota bo'lganidan keyin ma'naviy jihatdan o'zgarishi kerak. Otalik faqat quvonch va g'urur emas. Otalik - bu ortiqcha harakat, yoqimli tashvish va notinch kechalar ham demakdir. Ota-ona bolani birgalikda yaratadi, demak uning tarbiyasi va parvarishi ham ikkovining vazifasidir. Ona tug'ruqxonadan qaytgach jismonan va ma'naviy tomondan juda zaif bo'ladi. Uning kuchi tiklanishi uchun 1.5-2 oy vaqt kerakligi tibbiyot tomonidan tasdiqlangan faktor. Unga og'ir ko'tarish, ortiqcha kuch sarflash, ko'p harakat qilish mumkin emas. Chunki ona tuqqandan so'ng organizmi yaxshilab tiklanib olmasa keyinchalik bu turlicha kasalliklarida, doimiy bel og'rish, bosh og'rishi, bolaning asabiy bo'lishi va ko'krak sutini bolaga yetmasligida namoyon bo'ladi. Charchagan ayol organizmi yetarli miqdorda sut yetkazib bera olmaydi, sutning yo'qolishini esa hech narsa bilan to'ldirib bo'lmaydi. Tabiiyki, bunday vaqtda ota bolani parvarish etishda bevosita ishtirok etishi lozim. U birinchi navbatda go'dakni toza kiyim bilan ta'minlash, bolani xotini bilan birgalikda cho'miltirish, yangi onani vitaminga boy, to'yimli oziq-ovqatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish, kerak bo'lsa chillalik chaqaloq kirlarini yuvish va ovqat tayyorlashi kerak bo'ladi.Undan tashqari ota birinchi kundanoq bolani yo'rgaklashni o'rganishi kerak. Bolani ayrim vaziyatlarda uxlatish ham otaning vazifasiga kiradi. Kechasi bilan ko'p uyg'ongan bolaning onasi kunduzi holi qolmay tez charchab qoladi. Shunda unga dam olishi uchun imkoniyat berib otaning o'zi bolani uxlatib berishni bilishi kerak. Buning uchun bola bilan ko'proq muloqotda bo'lish, bolani ko'p ko'tarib yurish kerak. Bola bilan qancha oldinroq yaqin bo'lsangiz uning tilini va ehtiyojlarini shuncha oson tushuna olasiz.Emizikli ona ayolligicha qolaveradi. Shuning uchun siz ayolingizga o'ziga qarashi uchun imkoniyat yaratib berishingiz lozim. Bu unga birinchidan yaxshi kayfiyat bersa, ikkinchidan uni asablarini tinchlantiradi. Siz esa yoningizda ajoyib ona va go'zal ayol bor ekanligidan quvonib yashaysiz. Undan tashqari ayol ona bo'lganida erkakning e'tiboriga yanada ko'proq zor bo'ladi. Unga beradigan mehringiz va e'tiboringiz sizni ham, ayolingizni ham, qolaversa chaqaloqni ham yutuqda qoldiradi. Yangi ona bilan jinsiy aloqa qilishda yana birinchi tundagidek ehtiyotkorlik va sabr talab etiladi. Sabringizni va mehringizni ayamay ish tuting, ayolingiz sizga yanada jozibaliroq bo'lganini sezasiz. Bolaning chaqaloqligidan unga mas'uliyatli, mehribon va e'tiborli ota bo'lsangiz farzandingiz katta bo'lganida sizga o'z sirlarini aytib, sizni eng yaqin do'sti va ishonchli insoni deb qabul qilganidan baxtli bo'lib faxrlanib yurasiz.

Приложенные файлы

  • docx 17980676
    Размер файла: 77 kB Загрузок: 0

Добавить комментарий